Oilaviy Himoya

Farzandingiz telefonida zararli saytlar yopiq tursin

Android uchun ota-ona nazorati. Kattalar saytlari, qimor va xavfli sahifalarni yopadi, uyqu vaqtini belgilaydi va ilovalarni cheklaydi. Hammasini o‘z telefoningizdan boshqarasiz.

Ilovani yuklab olish

Android 8.0 va undan yangi · bepul · APK fayl

Nima qiladi

Qanday o‘rnatiladi

  1. Ilovani ikkala telefonga ham yuklab o‘rnating: o‘zingiznikiga va farzandingiznikiga. Telefon “noma’lum manbadan o‘rnatish”ga ruxsat so‘raydi, ruxsat bering.
  2. O‘z telefoningizda Google akkauntingiz bilan kiring, PIN o‘rnating va “Men ota-onaman”ni tanlang.
  3. “Bola qo‘shish”ni bosib, farzandingizning ismi va uning Gmail manzilini yozing.
  4. Farzand telefonida o‘sha Gmail bilan kiring, PIN o‘rnating (uni farzandingizga aytmang) va “Bu farzand telefoni”ni tanlang.
  5. “Himoyani yoqish”ni bosing va telefon so‘ragan ruxsatlarni bering.
Ilovalarni yopish ruxsati kulrang bo‘lib, bosilmasa: telefon Sozlamalari → Ilovalar → Oilaviy Himoya sahifasini oching, yuqori o‘ng burchakdagi uch nuqtani bosib “Cheklangan sozlamalarga ruxsat berish”ni tanlang. Android internetdan yuklangan ilovalar uchun shuni talab qiladi.

Bilib qo‘ying

Maxfiylik